Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi
O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabr, O‘RQ-445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida“gi Qonuniga asosan:
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi:
✅ Murojaatlar og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda bo‘lishi mumkin.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy elektron pochta manziliga kelgan murojaatlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning virtual qabulxonasi orqali kelgan murojaatlar elektron murojaatlar shaklida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
✅ Ro‘yxatga olingan murojaatlar kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
✅ Murojaatlarning ko‘rib chiqilishi natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga yozma yoki elektron shaklda ma’lumot beriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini quyidagi manbalar orqali yuborishi mumkin:
✅ Prezident virtual va Xalq qabulxonalari
✅ Oliy sudning interaktiv xizmatlar portali: https://my.sud.uz
✅ Telegram bot: https://t.me/suduzbot
Bundan tashqari, shikoyat va takliflarni Oliy sud Rayosatining 2021 yil 27 maydagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ishonch telefoni orqali qabul qilish markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida“gi qarori bilan tashkil etilgan “Ishonch telefoni” (71-207-97-37) orqali yuborishingiz mumkin.
Oliy sudning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlar og‘zaki murojaatlar sifatida ko‘rib chiqiladi.
📌 Murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha mas’ul shaxs: Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i – Xidirov Sadriddin Mo‘minovich
📞 Telefon: 71-207-73-77 (01601)