Halqaro hamkorlik yoânalishlari
Oâzbekiston Respublikasi Oliy sudining xalqaro tashkilotlar bilan oâzaro hamkorlik yoânalishlari quyidagilardan iborat:
- sud-huquq sohasida qoâshma loyihalarni amalga oshirish;
- xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni jalb etgan holda konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari oâtkazish;
- xalqaro-huquqiy tadqiqotlar oâtkazish va xorijiy amaliyotni oârganish;
- sudyalar va keng ommaga moâljallangan qoâllanma, adabiyotlar tayyorlash va chop etish.
Hozirgi kunda respublikamizda xalqaro huquq normalari va prinsiplarini milliy qonunchilikka tatbiq etish, shuningdek, sud- huquq islohotlariga koâmak berish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va birgalikda huquqiy tadqiqotlar oâtkazish boâyicha keng koâlamli ishlar olib borilmoqda.
Oâzbekiston yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan hozirgi zamonning dolzarb muammolarini hal etishda, shu jumladan, sud- huquq sohasida ham hamkorlik qilib kelmoqda. Bu yoânalishda Oâzbekiston Respublikasi Oliy sudi ham faol ish olib bormoqda.
Oâzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan qator xorijiy mamlakatlarning Oliy sudlari bilan oârnatilgan uzoq muddatli aloqalar asosida sud-huquq sohasida oâzaro manfaatli munosabatlar takomillashmoqda. Jumladan, Oâzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan Fransiya Respublikasi Kassatsiya sudi, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Oliy xalq sudi va Qozogâiston Respublikasi Oliy sudi bilan, xalqaro tashkilotlardan esa Birlashgan Millatlar Tashkilotining narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi hamda Fridrix Ebert nomidagi jamgâarmaning Oâzbekistondagi vakolatxonasi bilan oâzaro hamkorlik toâgârisidagi memorandumlar imzolangan. Shuningdek, Oâzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi bilan oâzaro hamkorlik toâgârisidagi kelishuv imzolangan.
Sud-huquq sohasida oâzaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish, shuningdek, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini taĘžminlash samaradorligini oshirish maqsadida Oâzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan doimiy ravishda rivojlangan davlatlar bilan delegatsiyalar almashinuvi amalga oshirib borilmoqda.
Oâzbekiston Respublikasi Oliy sudining xalqaro hamkorligi, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda Yevropada havfsizlik va xamkorlik tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida ham amalga oshirilmoqda.
Oliy sud tomonidan doimiy ravishda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda sud-huquq tizimini takomillashtirish masalalariga bagâishlangan xalqaro tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Jumladan, 2017-2018 yillarda 40 ga yaqin konferensiyalar, simpoziumlar, trening va seminarlar tashkil etildi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) doirasida sud organlari oârtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Oâzbekiston Respublikasi Oliy sudi delegatsiyasi har yili SHHTga aĘžzo davlatlar Oliy sudlari raislarining Yigâilishida ishtirok etib kelmoqda.
2017 yilda SHHTga aĘžzo davlatlar Oliy sudlari raislarining oân ikkinchi yigâilishi Oâzbekiston Respublikasi raisligida Toshkent shahrida boâlib oâtdi. Yigâilishda SHHTning aĘžzolari sifatida birinchi bor Pokiston Islom Respublikasi va Hindiston Respublikalari vakillari ishtirok etdilar.
2018 yilning may oyida Oâzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida boâlib oâtgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aĘžzo davlatlar Oliy sudlari raislarining oân uchinchi yigâilishida ishtirok etdi.