Click to listen highlighted text!

2023 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Sud tizimining axborot siyosati konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb yuritiladi) sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, jamoatchilik bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, aholining sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqiniamalda ta’minlash maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvardagi “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF 11-son Farmoni ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.

Konsepsiya sudlarda axborot siyosati bilan bog‘liq ustuvor maqsadlar, yo‘nalishlar, vazifalar, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish bosqichlarini belgilaydihamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora- tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.

Konsepsiyaning ustuvor maqsadi sudlarning aholi bilan muloqotlar o‘rnatishini samarali yo‘lga qo‘yish, sudlar faoliyatining shaffofligini kuchaytirish, amalga oshirilayotgan sud islohotlarining mazmun mohiyatlarini keng yoritish, sud hokimiyatining nufuzini yuksaltirish, aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini oshirish, shuningdek keng jamoatchilikda sudlar faoliyati bo‘yicha obyektiv va xolisona fikr mulohazalar hamda qarashlarni shakllantirishga qaratilgan.

SUDLAR AXBOROT SIYOSATINING USTUVOR YO‘NALISHLARI VA VAZIFALARI

Quyidagilar sudlar axborot siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:

    • jismoniy va yuridik shaxslar uchun axborotlarning ochiqligi va ularni olish imkoniyatini yaratish;
    • sudlar faoliyati to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarningo‘z vaqtida va xolisona taqdim etilishini ta’minlash;
    • sudlar faoliyatiga doir axborotni olishda odil sudlovni amalga oshirishga aralashmaslik;
    • taqdim etilishi qonun bilan taqiqlangan axborotni tarqatmaslik;
    • sudlarning ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligi.

Quyidagilar sudlar axborot siyosatining ustuvor vazifalari hisoblanadi:

    • fuqarolarning sudlar faoliyati to‘g‘risidagi xolis, to‘liq va ishonchli axborotlarni o‘z vaqtida olish huquqlarini ta’minlash uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish;
    • Oliy sud va quyi sudlarning jamoatchilik bilan hamkorlik qiluvchi tuzilmalarining ish faoliyatini tanqidiy jihatdan qayta ko‘rib chiqib, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan axborot makonida ularning yangicha yondashuv va usullar asosida faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yish;
    • sudlar faoliyati bilan bog‘liq turli manbalarda e’lon qilinadigan noxolis va bir tomonlama axborotlar bo‘yicha zudlik bilan munosabat bildirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
    • sudlar faoliyatini to‘g‘ri va xolisona, qonun talablari doirasida yoritishni tashkil etish maqsadida jurnalistlar va blogerlar uchun maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish;
    • keng jamoatchilikda sudlar faoliyati bo‘yicha obyektiv va xolisona fikr-mulohazalar hamda qarashlarni shakllantirish maqsadida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda turli shakl va ko‘rinishdagi chiqishlarni tashkil etish;
    • aholi orasida sud hokimiyatining ijobiy timsolini shakllantirish va ilgari surish bo‘yicha choralar ko‘rish;
    • axborot makonining doimiy monitoringini olib borish;
    • sudlarning rasmiy veb-saytlarini qonunchilik talablari darajasida yangilab borish va ularning ommabopligini oshirish;
    • videomateriallar, kontentlar yaratish bo‘yicha mutaxassislarni ishga qabul qilish va bu uchun alohida shtatlar joriy etish;
    • sudlar matbuot xizmatlarining moddiy-texnik bazasini zamonaviy talablar darajasida ta’minlash;
    • sudlarning matbuot xizmatlari tuzilmalarini professional kadrlar bilan to‘ldirish, shuningdek ularning doimiy malaka oshirishini samarali tashkil etish choralarini ko‘rish va kadrlar salohiyatini zamonaviy talablarga yetkazish;
    • barcha ijtimoiy tarmoqlarda sudlarning sahifalarini to‘liq yaratish va samarali faoliyatini tashkil etish;
    • sudlarni ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish va Internet-resurslari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar bilan ta’minlash;
#thegov_button_67bf7c910ab04 { color: rgba(255,255,255,1); }#thegov_button_67bf7c910ab04:hover { color: rgba(255,255,255,1); }#thegov_button_67bf7c910ab04 { border-color: rgba(49,49,49,0); background-color: rgba(48,98,198,1); }#thegov_button_67bf7c910ab04:hover { border-color: rgba(49,49,49,0); background-color: rgba(38,83,172,1); } Skip to content Click to listen highlighted text!