O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining raislaridan iborat tarkibda ish olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori qatnashadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Sudyalar oliy kengashi raisi, adliya vaziri, sudyalar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi aʼzolari ishtirok etishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumini chaqirish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi to‘rt oyda kamida bir marta chaqiriladi. Muhokama qilinadigan umumiy masalalarga doir hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining aʼzolariga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga majlisdan yigirma kun ilgari yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Plenum aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi:
sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini ko‘rib chiqadi va qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi tarkibini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomalariga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibini, sudlov hayʼatlarining tarkibini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining ishi to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek sudlov hayʼatlarining faoliyati haqidagi maʼruzalarni tinglaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislarining qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha tushuntirishlarini bajarish to‘g‘risidagi maʼruzalarini tinglaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot organining tahrir hayʼati tarkibini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati reglamentini tasdiqlaydi;
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг қарори
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori qabul qilingan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi tomonidan imzolanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisining bayonnomasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida bayonnoma yuritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisining bayonnomasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi tomonidan imzolanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni ko‘rib chiqish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi muhokamasiga kiritilgan masalalar tegishincha ularning maʼruzalari yoki ular vakolat bergan shaxslarning maʼruzalari bo‘yicha eshitiladi. Ushbu masalalarning muhokamasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisiga taklif qilingan shaxslar ishtirok etishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori majlisda ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi aʼzolarining ko‘pchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi va qabul qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar, ushbu tushuntirishlar berilgan qonun hujjatlarini qo‘llayotgan boshqa organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar uchun majburiydir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi vazifasini bajarish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisini tayyorlashga, majlis bayonnomasini yuritishga doir ishlarni tashkiliy jihatdan ta’minlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qabul qilgan qarorlarning ijrosi uchun zarur bo‘lgan harakatlarni amalga oshiradi.