Click to listen highlighted text!

Ўзбекистон Республикаси Олий суди билан ҳамкорлик қилувчи халқаро ташкилотлар қуйидагилар ҳисобланади:

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (UNDP)
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori (OSCE)
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar fondi (UNICEF)
Birlashgan Millatlar Tashkilotining narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi (UNODC)
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)
Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)
Demokratiyaga huquq orqali Yevropa komissiyasi (Venetsiya komissiyasi)
“Mintaqaviy dialog” (Sloveniya) xalqaro nodavlat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali
Shanxay hamkorlik tashkiloti (SCO)

Halqaro hamkorlik yo‘nalishlari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  1. sud-huquq sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
  2. xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni jalb etgan holda konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazish;
  3. xalqaro-huquqiy tadqiqotlar o‘tkazish va xorijiy amaliyotni o‘rganish;
  4. sudyalar va keng ommaga mo‘ljallangan qo‘llanma, adabiyotlar tayyorlash va chop etish.

Hozirgi kunda respublikamizda xalqaro huquq normalari va prinsiplarini milliy qonunchilikka tatbiq etish, shuningdek, sud- huquq islohotlariga ko‘mak berish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va birgalikda huquqiy tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan hozirgi zamonning dolzarb muammolarini hal etishda, shu jumladan, sud- huquq  sohasida ham hamkorlik qilib kelmoqda. Bu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ham faol ish olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan qator xorijiy mamlakatlarning Oliy sudlari bilan o‘rnatilgan uzoq muddatli aloqalar asosida sud-huquq sohasida o‘zaro manfaatli munosabatlar takomillashmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan Fransiya Respublikasi Kassatsiya sudi, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Oliy xalq sudi va Qozog‘iston Respublikasi Oliy sudi bilan, xalqaro tashkilotlardan esa Birlashgan Millatlar Tashkilotining narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi hamda Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar imzolangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolangan.

Sud-huquq sohasida o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish, shuningdek, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini taʼminlash samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan doimiy ravishda rivojlangan davlatlar bilan delegatsiyalar almashinuvi amalga oshirib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining xalqaro hamkorligi, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda Yevropada havfsizlik va xamkorlik tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida ham amalga oshirilmoqda.

Oliy sud tomonidan doimiy ravishda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda sud-huquq tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Jumladan, 2017-2018 yillarda 40 ga yaqin konferensiyalar, simpoziumlar, trening va seminarlar tashkil etildi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) doirasida sud organlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi delegatsiyasi har yili SHHTga aʼzo davlatlar Oliy sudlari raislarining Yig‘ilishida ishtirok etib kelmoqda.

2017 yilda SHHTga aʼzo davlatlar Oliy sudlari raislarining o‘n ikkinchi yig‘ilishi O‘zbekiston Respublikasi raisligida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda SHHTning aʼzolari sifatida birinchi bor Pokiston Islom Respublikasi va Hindiston Respublikalari vakillari ishtirok etdilar.

2018 yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Oliy sudlari raislarining o‘n uchinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.

#thegov_button_673f247a58122 { color: rgba(255,255,255,1); }#thegov_button_673f247a58122:hover { color: rgba(255,255,255,1); }#thegov_button_673f247a58122 { border-color: rgba(49,49,49,0); background-color: rgba(48,98,198,1); }#thegov_button_673f247a58122:hover { border-color: rgba(49,49,49,0); background-color: rgba(38,83,172,1); } Skip to content Click to listen highlighted text!