Sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasiga kiritish uchun hujjatlar roâyxati
Oâzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 2017 yil 17 maydagi 8/17-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oâzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Reglamenti 13-moddasiga asosan zaxiraga kiritilishini istagan shaxs (keyingi oârinlarda nomzod deb yuritiladi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- nomzodning Kengash raisi nomiga yozgan arizasi;
- nomzod tomonidan shaxsan toâldirilgan soârovnoma va tarjimai hol;
- Kengash tomonidan belgilangan namunadagi shaxsiy varaqa (obyektivka) va yaqin qarindoshlari (nomzod va uning turmush oârtogâining ota-onasi, aka-uka va opa-singillari, shuningdek nomzodning farzandlari) toâgârisidagi maĘžlumotnoma, shu jumladan elektron shaklda;
- 3,5×4,5 oâlchamdagi ikkita fotosurat;
- oliy yuridik maĘžlumot toâgârisidagi diplom va uning ilovasi nusxalari;
- mehnat daftarchasining nusxasi;
- pasport nusxasi;
- Oâzbekiston Respublikasi Sogâliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakldagi odil sudlovni amalga oshirishga toâsqinlik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar yoâqligi haqidagi hujjat;
- oxirgi uch yil davomida bajargan ishlari toâgârisida ish joyidan maĘžlumot-tavsifnoma;
- ish joyidan tavsiyanoma;
- katta hayotiy tajribaga va ish stajiga ega boâlgan kamida uch nafar huquqshunoslardan fikrnomalar;
- nomzod va uning yaqin qarindoshlarining sudlanganlik holati boâyicha maĘžlumotnoma.
Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash tartibi
Boâsh sudyalik lavozimlari toâgârisidagi axborot Sudyalar oliy kengashining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni koârib chiqish muqobillik asosida amalga oshiriladi.
Zaxiraga kiritilgan sudyalik lavozimiga nomzod oâqish va stajirovkani muvaffaqiyatli oâtaganidan soâng boâsh sudyalik lavozimlarini toâldirish uchun tanlovda ishtirok etish toâgârisida bevosita Kengashga ariza berish huquqiga ega.
Boshqa sudyalik lavozimiga nomzodini koârsatish istagini bildirgan sudya Kengashga ariza va zarur hujjatlarni beradi.
Sudya vakolat muddati tugashiga kamida olti oy qolganda Kengashga yangi vakolat muddatiga koârsatish yoki koârsatishdan voz kechish toâgârisida ariza va zarur hujjatlarni beradi.
Tegishli sudyalar malaka hayĘžati Kengashga sudyalik lavozimiga nomzod boâyicha xulosa taqdim etadi.
Agar sudya oâzi daĘžvogar boâlgan lavozim talablariga javob bermasa, Kengash uni quyi sudyalik lavozimiga koârib chiqish masalasini kun tartibiga kiritishga haqli.
Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda turli oârganish usullaridan â suhbat oâtkazishdan, mustaqil ekspertlar tomonidan test sinovidan oâtkazishdan, berilgan muammolar boâyicha mavzuga oid referatlar tayyorlashdan, ekspress soârovlardan foydalanilishi mumkin.
Sudyalik lavozimiga nomunosibligi tufayli oâziga nisbatan Kengashning zaxiraga kiritish rad etilganligi toâgârisidagi xulosasi chiqarilgan shaxs bir yil oâtgach, zaxiraga kiritish toâgârisida Kengashga ariza bilan takroran murojaat qilishi mumkin.
Zaxiraga kiritish boshqa sabablarga koâra rad etilgan shaxs rad qilish sabablari bartaraf qilinganidan keyingina zaxiraga kiritish toâgârisida Kengashga ariza bilan takroran murojaat qilishi mumkin.
(âOâzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toâgârisidaâgi Qonun 24-moddasi)
Sudyalar korpusini shakllantirish chogâida sudyalik lavozimlariga nomzodlar huquqlarining tengligi
Sudyalar korpusini shakllantirish sudyalik lavozimlariga nomzodlarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eĘžtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatĘži nazar, ularning huquqlari tengligi asosida amalga oshiriladi.
(âOâzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toâgârisidaâgi Qonun 19-moddasi)
Sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasi
Kengash sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasini (bundan buyon matnda zaxira deb yuritiladi) shakllantiradi.
Zaxiraga kiritilish istagini bildirgan Oâzbekiston Respublikasi fuqarolari Kengashga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Zaxiraga sudyalik lavozimlari uchun zarur bilimga ega boâlgan, yetarli hayotiy tajribaga va benuqson obroâ-eĘžtiborga ega yuqori malakali yuristlar orasidan oâttiz yoshdan kichik boâlmagan, oliy yuridik maĘžlumotga, yuridik ixtisos boâyicha kamida besh yillik ish stajiga ega boâlgan Oâzbekiston Respublikasi fuqarolari kiritilishi mumkin.
Quyidagi shaxslar zaxiraga kiritilishi mumkin emas:
- muqaddam sudlanganlar;
- odil sudlovni amalga oshirishga toâsqinlik qiladigan kasalliklarga yoki jismoniy nuqsonlarga ega boâlganlar;
- belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;
- oâz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun vakolatlari oldingi ish joyi boâyicha belgilangan tartibda tugatilganlar.
- Zaxiraga kiritish sudyalik lavozimiga nomzodning ushbu Qonunda nazarda tutilgan mezonlarga munosibligini oârganish va Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda oâtkaziladigan imtihondan muvaffaqiyatli oâtish natijalariga koâra Kengashning qarori bilan amalga oshiriladi.
- Sudyalik lavozimiga nomzod quyidagi hollarda zaxiradan chiqariladi:
- zaxiradan chiqarish toâgârisida oâzi ariza berganda;
- sudyalik lavozimlariga nomzodlar tayyorlanadigan maxsus kurslarga qabul qilish tanlovidan oâtmaganda;
- uning oâqish va stajirovka natijalari qoniqarsiz baholanganda;
- Oâzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoâqotganda;
- unda odil sudlovni amalga oshirishga toâsqinlik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar paydo boâlganda;
- belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganda;
- vafot etganda yoki sud qarori bilan vafot etgan deb eĘžlon qilinganda;
- jinoyat yoki oâzining shaĘžni va qadr-qimmatiga dogâ tushiruvchi boshqa xatti-harakatlar sodir etganda;
- uning sudyalik lavozimiga nomunosibligi haqida xulosa chiqarilganda.
Sudyalik lavozimiga nomzod, agar u uch yildan ortiq muddat davomida sudyalik lavozimiga koârsatilmagan boâlsa ham zaxiradan chiqariladi.
(âOâzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toâgârisidaâgi Qonun 20-moddasi)
Birinchi marta tayinlanadigan sudyalarni tanlashning asosiy mezonlari
Benuqson obroâ-eĘžtibor, halollik, layoqatlilik, yetarli hayotiy tajribaga egalik, odil sudlovni amalga oshirishga toâsqinlik qiladigan kasalliklarning yoki jismoniy nuqsonlarning mavjud emasligi birinchi marta tayinlanadigan sudyalarni tanlashning asosiy mezonlaridir.
(âOâzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toâgârisidaâgi Qonun 21-moddasi)
Sudyalarni yangi vakolat muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga tanlashning asosiy mezonlari
Sudyalarning sudyalik faoliyati davrida benuqson obroâ-eĘžtiborga ega boâlishi, halolligi, xolisligi, adolatliligi va layoqatliligi sudyalarni yangi vakolat muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga tanlashning asosiy mezonlaridir.
Kengash yangi vakolat muddatiga tayinlanadigan sudyalik lavozimiga nomzodni koârib chiqishda ushbu nomzod tomonidan qabul qilingan sud qarorlarining barqarorligini, odil sudlovni amalga oshirish va qonun hujjatlari normalarini qoâllash borasida yetarli tajribaga ega ekanligini, shuningdek jamoatchilikning uning kasbiy faoliyati haqidagi fikrini inobatga oladi.
(âOâzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toâgârisidaâgi Qonun 22-moddasi)
Sudyalik lavozimiga nomzodning tibbiy tekshiruvdan oâtkazilishi
Sudyalik lavozimiga nomzodda odil sudlovni amalga oshirishga toâsqinlik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud emasligini tasdiqlash uchun u dastlabki tibbiy tekshiruvdan oâtkaziladi. Odil sudlovni amalga oshirishga toâsqinlik qiladigan kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning roâyxati Kengashning va Oâzbekiston Respublikasi Sogâliqni saqlash vazirligining qoâshma qarori bilan tasdiqlanadi. Odil sudlovni amalga oshirishga toâsqinlik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar yoâqligi haqidagi hujjatning shakli Oâzbekiston Respublikasi Sogâliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(âOâzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toâgârisidaâgi Qonun 23-moddasi)
Sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etish
Sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etish sudyalarni oâqitish va ularning malakasini oshirish, shuningdek sudyalarni qonun hujjatlaridagi oxirgi oâzgartishlar hamda zamonaviy huquqni qoâllash amaliyoti bilan tanishtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Kengash sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etishda Oâzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Adliya vazirligi, Oâzbekiston sudyalar assotsiatsiyasi, ilmiy muassasalar, jamoatchilik vakillari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Sudyalar malakasini oshirish tadbirlari sudyalar faoliyatini oârganish va baholash natijalariga koâra, odil sudlovni amalga oshirishda aniqlangan tizimli kamchiliklar hisobga olingan holda tashkil etiladi.
(âOâzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toâgârisidaâgi Qonun 25-moddasi)